Xoland “Siti”ga shaxsan o‘zi etishmaganini avvaldan bilgan ekan

  • 13.09.2025 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland hozirgi jamoasi o‘yinlarini avvaldan kuzatib kelgani va shu jamoada o‘ynashni orzu qilganini tan oldi.

- Aqlimni taniganimdan buyon “Manchester Siti” o‘yinlarini kuzatib kelaman. Ayniqsa, jamoani Xosep Gvardiola qabul qilib olganidan keyin qiziqishim yanada kuchaydi.

U paytlar men “Zaltsburg” va “Borussiya Dortmund”da o‘ynardim. “Siti” o‘yinlarini tomosha qiliyu, ularga jarima maydonchasi ichida samarali o‘ynaydigan hujumchi etishmayotganini sezganman.

O‘shanda men bu jamoada paydo bo‘lib, “shaharlik” o‘yinchilar yaratayotgan vaziyatlarni golga aylantirishimni tasavvur qilardim. Klub meni o‘z safiga qo‘shib olganidan xursandman, - dedi Erling Xoland.

25 yoshli Xoland 2022 yilning yozidan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Norvegiyalik hujumchi hozirga qadar 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 127 marta ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!