Xolandga dahshatli summa taklif qilishdi
“Manchester Siti” xo‘jayinlari “Borussiya” to‘purari Xolandni transfer qilish uchun katta xarajatlarga tayyorligini ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.
“Shaharliklar” yosh hujumchini uzoq yillar davomida jamoa etakchisiga aylantirish va tarkibni aynan uning atrofida shakllantirishga qaror qilgan. Shuning uchun ham ular bu transferni amalga oshirishda xarajatlardan qochmoqchi emas.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar transferning o‘ziga 145 million evro taklif qildi. Bundan tashqari, “shaharliklar” Xolandning o‘ziga har mavsum uchun 30 million evrodan to‘lanadigan besh yillik bitim taklif qilmoqda.

Fikrlar