
Xolandning otasi o‘g‘li qaysi jamoada o‘ynashini aytdi
“Manchester Siti”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purariga aylangan Erling Xoland har transferlar mavsumida kelajagi haqidagi savollarga duch keladi.
Bu gal futbolchining otasi Alf-Inge Xoland o‘g‘lining qaysi jamoada o‘ynashi haqidagi savollarga javob qaytarishiga to‘g‘ri keldi.
- Erlingning kelajagi qanday bo‘ladi? O‘g‘lim “Manchester Siti”da baxtiyor. U juda mamnun, - dedi Alf-Inge Xoland.
Erling Xoland Xosep Gvardiola jamoasiga kelganidan beri hozirga qadar 144 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 122 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 20 ta golli pas uzatgan.
Klub rahbariyati Xoland bilan amaldashi shartnomani 2034 yilning 30 iyunigacha uzaytirgan edi. Shunga qaramay, Erling Ispaniyaning grand klublariga o‘tishi haqidagi xabarlar har transfer oynasi davrida ko‘tariladi.
Fikrlar