"Xorazm" - "Neftchi" uchrashuvi boshqa kunga ko‘chirildi. Bunga sabab...

  • 28 iyul, 2021, 13:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PFL matbuot xizmatining xabariga qaraganda, pro-liga 14-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Neftchi” uchrashuvi 29 avgust - yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Reja bo‘yicha mazkur bellashuv 5 avgustda o‘tishi kerak edi. Biroq davlat test imtihonlari “Xorazm” klubining uy arenasida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, mezbonlar uchrashuvni 2 avgustga ko‘chirish taklifi bilan chiqdi. Biroq bu tanaffusdan keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Neftchi” klubi rejalariga o‘zgartirish kiritishni taqazo etadi. Shundan kelib chiqib, Farg‘ona tomoni uchrashuvni 5 avgust kuni “Istiqlol” stadionida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

O‘zPFL har ikki tomon taklifini o‘rganib chiqib, uchrashuvni 29 avgust sanasiga tayin qildi. Shu tariqa, pro-liganing tanaffusdan keyingi 14-turida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 4 avgust kuni “Yangier” o‘z maydonida “Olimpik”ni qabul qiladi. 5 avgust sanasida esa “Dinamo” klubi G‘uzorda “Sho‘rtan” mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!