Xorvat go‘zali Parijda g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya poytaxti Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "French Open"ning ikkinchi davra bahslarida tennis malikalari raqobatlashmoqda.

Xorvatiyalik Petra Martich ushbu bosqichda mezbonlar vakili Kristina Mladenovichni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa "Rolan Garros" turnirining uchinchi davrasida Martich chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!