Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik"

  • 26 aprel, 2024, 22:48
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogining yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron o‘yinida eronliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun ikkita teng kuchli raqiblar o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuv masalasi penaltilar seriyasida hal bo’ldi. Ayrim daqiqalarda Eron kuchliroq o‘yin ko‘rsatdi, ayniqsa ekstra-taymlarda. O‘sha vaziyatlarda ham biz yaxshi himoyalandik. Hisobda ortda qolayotib, yana qayta oldik. Raqibimizni Osiyo kubogi finaliga yo‘l olgani bilan tabriklayman".

3-o’rin uchun bahs haqida:

"Tojikistonga qarshi uchrashuv haqida gapirishga hali erta. Bugungi o‘yinni unutib, ertadan 3-o‘rin uchun bahsga tayyorgalikni boshlaymiz". 

Uchrashuvga tayyorgarlik haqida:

"Bizning dastlabki rejamiz, raqib o‘z hududida bo‘lganda ularga yuqori bosim uyushtirishdan iborat edi. Biz buni ayniqsa, o‘yin boshida juda yaxshi uddaladik, biroq oxiriga kelib futzalchilardagi charchoq tufayli jarima maydonimiz yaqinida ularda bo‘sh hududlar paydo bo‘la boshladi. Shunga qaramasdan, himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
26/04/2024 23:00
Секин аста кучли жамоа ярата олди Лопес.Рахмат кейинги уйинларда омад
Ishmuxamedov Erkin
26/04/2024 22:55
Йигитларга, мураббийларга, делегация аъзоларига қисқаси барча футзалга алоқаси бор инсонларга каттакон рахмат!