Xose Xolebas: Mavsumni yakunlab "Liverpul"ni APL chempioni sifatida tan olish kerak

  • 10 aprel, 2020, 14:51
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya chempionatining "Uotford" klubi himoyachisi Xose Xolebas joriy APL mavsumi haqida o‘z fikrini bildirdi.

 - Mening fikrim - mavsumni xoziroq yakunlab, "Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida tan olish shart.

Ushbu mavsumda "qizillar" ajoyib o‘yin namoish etishdi. Xozirgi davrda ular birinchi raqamli jamoa ekanligiga ishonchim komil. Chempionat sanasini o‘zgartirishni ma’nosiz deb o‘ylayman, - deya Xolebasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail nashri.

Ma’lumot uchun, koronavirus sababli chempionat to‘xtaganidan oldin "Liverpul" "Manchester Siti"ni 25 ochkoga oldinda edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!