
Xoselu: "Agar dunyoda kimdir kambek qila olsa, bu – “Real Madrid”
Sobiq “Real Madrid” hujumchisi Xoselu Chempionlar Ligasi 1/4 finalining javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Madridliklar birinchi o‘yinda “Arsenal”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. Javob bahsi 16 aprel kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.
– Siz “Real”ning kambek qilishiga ishonadiganlardanmisiz yoki mo‘’jizalar tugagan deb o‘ylaydiganlardan?
– Ha, men har doim kambekka ishonaman. Eslatib o‘taman: agar dunyoda kimdir bunday narsani uddalay olsa, bu “Real Madrid”dir. Albatta, imkoniyat bor. Agar so‘z “Real” haqida ketsa, unda doimo imkoniyat ham bo‘ladi.
“Durang bu jamoaga xos emas”
– Toni Kroos yaqinda aytganidek, birinchi o‘yindagi durang “Real” uchun ajablanarli natija bo‘lardi, chunki unda kambek qilishga zarurat bo‘lmasdi. Bu oson ish bo‘lmaydi, lekin agar biror jamoa bunga qodir bo‘lsa – u “Real”.
"Bernabeu" o‘z ishini qiladi
– Sizning “Bernabeu”da maydonga tushishingiz “Real”ga juda katta yordam bergan bo‘lardi, to‘g‘rimi?
– Bunday demang (kuldi). Bu o‘ziga xos, unutilmas onlar. Jamoaga omad tilayman. Men ham shunday lahzalarni boshdan kechirganman va ularning o‘rnida bo‘lishni istardim, lekin bu safar men ularni uzoqdan qo‘llab-quvvatlayman.
Kambek kaliti nima?
– Menimcha, “Real” birinchi navbatda gol urishi kerak. Qanchalik tez ursa, shunchalik yaxshi. Qolganini “Bernabeu” uddalaydi. Hatto qo‘shimcha vaqtda ham “Real” favorit hisoblanadi" – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik forvard,
Fikrlar