Xotirjam, yorqin va mukammalga yaqin terma jamoa. "Evro-2024" g‘olibi bo‘lish uchun ular asosiy favorit

  • 26 iyun, 2024, 16:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda futbol muxlislarining diqqati Germaniyada davom etayotgan Evropa chempionatiga qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘pchilik Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliyaning g‘alati ishtiroki-yu, Italiyaning dramatik o‘yinini muxokama qilayotgan bir pallada e’tiboringizni boshqa jihatga qaratmoqchiman. Ya’ni,bugungi tahlil e’tibori bilan biroz chetda qolayotgan yoki haddan ziyod mukammal o‘yin ko‘rsatayotgan Ispaniya termasi haqida bo‘ladi.

Tecno

"Qizil Furiya" azaldan qaysi holatda va qanday tarkibda bo‘lishidan qat’i nazar doimo etakchilar safida ko‘riladi. Bunga etarlicha sabablar bor. Birinchidan, ispanlarni katta turnirlarga doimo yuqori saviyadagi murabbiy tayyorlagan. Misol uchun, Luis Enrike, Visente del Boske kabi mutaxassislar shular jumlasidandir.

Ikkinchidan, xar qaysi turnirda tarkibdagi tajriba va yoshlik uyg‘unligi balansda bo‘lgan. Bu safargi turnir ham bundan mustasno emas. 39 yoshli qariya Xesus Navas yonida tajribali va jamoa sardori Alvaro Morata,  Dani Karvaxal,  Rodri singari nomlar bor. 
     
Yana bir jixati, Evropa chempionatlari tarixida eng ko‘p chempion bo‘lgan 2 jamoadan biri aynan Ispaniya sanaladi. Ilk chempionlik ko‘hna 1964 yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, keyingilari terma jamoaning “oltin avlod”i davrida ketma-ket 2 marta(2008-2012- yillarda) nishonlangan. Hozir o‘sha tarkibdan xech kim qolmagan bo‘lsa-da, ular o‘z nomlarini tarixda qoldira olishgan.



Turnir boshlanishidan avval tarkibdagi biror-bir futbolchi individual jihatdan porlashini emas, balki terma jamoani yahlit bir mexanizm sifatida ko‘rishimiz xaqiqatga yaqinroq xodisa bo‘ladi, deb aytgandim. Amalda xam mana shunday bo‘lib chiqmoqda. Hali biror uchrashuvda butun jamoa yomon o‘ynab turgan joyida bir futbolchi chiqib, o‘yinni qutqarib ketganini ko‘rmadim. O‘tgan 3 tur mobaynida maydonda bir-birini tushunib harakat qilish borasida ham muammo kuzatilmadi. Jamoadagi ichki muhit a’lo darajada, nazdimda. Bu esa tabiiyki natijalarga ham ta’sir qiladi.
 

Jamoa sifatida ahil, kuchli ijrochilariga ega termadan muxlislar ham natija kutsa bo‘ladi. Garchi, musobaqa setkasi nafaqat “Qizil Furiya”, balki aksar grandlar uchun ancha noqulay tushganiga qaramasdan, “korrido vatani” vakillari kamida yarim finalga qadar etib bora oladi. Ko‘pi bilan esa bu jamoadan men ayni holatda chempionlikni kutyapman.



Hullas, voqealar rivojini ko‘rishda va kuzatishda davom etamiz. Biz bildirgan fikrlar qanchalik o‘zini oqlashi vaqt hukmiga havola! 



 

Humoyunmirzo Ergashev maqolasi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!