Yakunlangan yilning eng zo‘r transferlari e’lon qilindi

  • 2 yanvar, 2024, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolga ixtisoslashgan Goal nashri yangi mavsumning eng yaxshi transferlari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, yozda «Borussiya»dan «Real» ga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingemning transferi birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Eng yaxshi transferlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Jud Bellingem, «Borussiya»dan «Real»ga. 111 mln dollar;
  2. Harri Keyn, «Tottenxem»dan «Bavariya»ga. 109,7 mln dollar;
  3. Seru Girassi, «Renn»dan «Shtutgart»ga 9,8 mln dollar;
  4. Markus Tyuram, «Borussiya» Menxengladbaxdan «Inter»ga. Bepul;
  5. Viktor Bonifas, «Yunion»dan «Bayer»ga. 22 mln dollar;
  6. Deyli Blind, «Bavariya»dan «Jirona»na. Bepul;
  7. Aleks Grimaldo, «Benfika»dan «Bayer»ga. Bepul;
  8. Savio Moreyra, «Trua»dan «Jirona»ga. Ijara;
  9. Deklan Rays, «Vest Xem»dan «Arsenal»ga. 100 mln funt;
  10. Isko, «Real»dan «Betis»ga. Erkin agent;
  11. Jeyms Meddison, «Lester»dan «Tottenxem»ga.   40 mln funt;
  12. Gulelmo Vikario, «Empoli»dan «Tottenxem»ga. 17,2 mln funt;
  13. Loi Openda, «Lans»dan «RB Leyptsig»ga. 47 mln dollar;
  14. Franchesko Acherbi, «Latsio»dan «Inter»ga.  3,8 mln dollar;
  15. Serjino Dest, «Barselona»dan PSVga. Ijara.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!