Yamal mundialda o‘zini hayratga solgan uch futbolchi nomini aytdi
Ispaniya milliy terma jamoasi qanot hujumchisi Lamin Yamal 2026 yildgi jahon chempionatida qaysi futbolchilarning o‘yini unda katta taassurot qoldirgani haqida gapirdi.
- Menga Vinisius Juniorning ushbu jahon chempionatidagi o‘yini juda yoqmoqda. U turnirni ajoyib o‘tkazyapti.
Albatta, Lionel Messi ham... Shuningdek, Ismoil Saybari ham faqat gollari bilan emas, balki umumiy o‘yini bilan ham juda yaxshi taassurot qoldirmoqda, - dedi Lamin Yamal.
Bu haqida COPE nashri xabar berdi.
Ispaniya terma jamoasi mundial guruh bosqichida H guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Lamin Yamal guruh bosqichida Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozasiga gol urdi. Bu gol uning jahon chempionatlari tarixidagi ilk goli bo‘ldi.

Fikrlar