
Yamayka - AQSh 1:3 (video)
Xabaringiz bor ayni kunlarda dunyoning ko‘plab qit’alarida kubok musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, AQShda navbatdagi KONKAKAF kubogi o‘tkazilmoqda.
Kecha musobaqaning ilk yarim finalida Meksika terma jamoasi Gaitini 1:0 hisobida engib, dastlabki finalchiga aylangan edi. Bundan biroz avval AQSh hamda Yamayka terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi yarim final bahsi o‘z yakuniga etdi. Qiziqarli kechgan o‘yin 3:1 hisobida AQShning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, Meksika hamda AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 8 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar