Yana bir afsona faoliyatini yakunlash arafasida

  • 26 iyul, 2024, 11:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik himoyachi Pepe futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.

Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, Saudiya klublari erkin agent maqomidagi futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi. Biroq, portugaliyalik futbolchi faoliyatini yakunlamoqchi.

Avvalroq Ispaniyaning "Selta" jamoasi Pepega qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Pepening so‘nggi klubi "Portu" bo‘lgan. Futbolchi 2019 yilning yanvarida erkin agent sifatida "Beshiktosh"dan Portugaliya klubiga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining narxi 500 ming evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!