Yana bir futbolchi maydonda "quladi"

  • 30 oktabr, 2021, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstriya kubogi doirasidan o‘rin olgan “Lints” va “Xartberg” klublari o‘rtasidagi o‘yinda fojia yuz berishiga oz qoldi.

Tecno

O‘yin vaqtida Gana terma jamoasi hujumchisi Rafael Dvamena hushini yo‘qotdi. U yurak xurujiga uchradi.

26 yoshli futbolchining hayotini uning tanasiga 2020 yilda o‘rnatilgan defibrillyator qutqarib qolgan. Aynan o‘sha uskuna o‘z vaqtida ishlagan va shifokorlarga uning ahvolini tezda barqarorlashtirish imkonini bergan.

“Lints” futbolchisi yurak bilan bog‘liq muammolardan anchadan buyon xabardor edi. Shu tufayli Dvamenaning 2017 yilda “Brayton”ga transferi barbod bo‘ldi. 2019 yil oktyabr oyida esa u faoliyatida tanaffus qilishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!