Yana bir oltin medal! Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi
World Boxing tashkiloti kubogi bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga 7 nafar bokschimiz etib keldi.
Hozirgina -65 kg da Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va bolgariyalik Viktorio Iliev jangi o‘z nihoyasiga etdi. To‘liq davom etgan bahsda bokschimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Javohir Ummataliev va italiyalik Alfred Kommey to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar