Yana kim qoldi? "Metallurg" 12 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

  • 17 dekabr, 2024, 22:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning "Metallurg" jamoasi ketma-ket futbolchilarning ketganini e’lon qilmoqda.

Tecno

"12 nafar o‘yinchimizning shartnoma muddati yakunlandi. Futbol bo‘yicha 2024 yilgi mavsum tarix sahifalaridan allaqachon joy egallab bo‘ldi. Superligadagi mavqeini Pro liga hamda elitaning autsayder jamoalariga qarshi o‘tish pley-off uchrashuvlari orqali saqlab qolgan Bekobodning “Metallurg” futbol klubida 12 nafar o‘yinchisi bilan tuzgan shartnomasi muddati ham yakuniga etganligini ma’lum qilamiz.

Ketma ket bir necha mavsum Toshkent viloyati sanoatchilar shahri jamoasi sharafini himoya etgan ushbu futbolchilar Bekobod ahli charm to‘p ixlosmadlarining sevimli o‘yinchilariga aylanib ulgurgan edi. Bular:
Zabixillo O‘rinboev
Akmal Ortiqov
Ivan Yosovich
Marko Milichkovich
Kerim Palich
Shahzodbek Ubaydullaev
Sirojiddin Qo‘ziev
Shahzodjon Ne’matjonov
Alisher Xayrullaev
Samandar Jo‘rabekov
Asadbek Sobirjonov
Davron Hoshimov

“Metallurg” futbol klubi ushbu futbolchilarning barchasiga Bekoboddagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!