
Yana o‘sha qarama-qarshilik! Jarimadan urilgan gollar kimda ko‘proq?
Lionel Messi jarimadan o‘zining 63-golini urdi.
"Inter Mayami" hujumchisi Ligalar kubogi doirasida "Kruz Azul" bilan o‘yinning 54-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 94-daqiqada jarima zarbasini amalga oshirib, g‘alaba golini kiritdi. Bu argentinalik futbolchining AQSh klubi uchun debyut o‘yini edi.
Hozirda argentinalikning hisobida jarimadan urilgan gollar 63 tani tashkil qiladi. U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan 3 ta gol oldinda. "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi jarima zarbasidan hozirgacha 60 ta gol urgan.
Fikrlar