Yangi hujumchining transferi "Barselona"ga qanchaga tushadi?

  • 18 fevral, 2020, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" berilgan imkoniyatdan foydalanib sotib olmoqchi bo‘lgan hujumchi borasida bir qarorga keldi.

Cadena Cope nashrining yozishicha kataloniyaliklar bu borada “Leganes” forvardi Martin Breytueytni sotib olishadi. 28 yoshli futbolchining transferi esa “Barsa”ga 20 million evroga tushadi. Boisi, Breytueytning klub bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli aynan 20 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Breytueytni joriy mavsum “Leganes” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!