Yangi murabbiy nomi sir tutilyapti
Bundesligada joriy mavsumini 12-pogʻonada yakunlagan “Borussiya Mönxengladbax” yangi bosh murabbiy qidiruvini davom ettirmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, mönxengladbaxliklar Bundesligada ish tajribasiga ega boʻlgan ikki nafar murabbiyni nishonga olgan.
Klub kelasi masumdan yangi loyihani amalga oshirmoqchi va shu bois jamoa boshqaruviga tajribali murabbiy varianti koʻrib chiqilyapti.
Manbaga koʻra, klub Germaniya chempionatida ishlagan ikki murabbiy bilan aloqa oʻrnatgan. Rahbariyat jamoani qayta tiklash va yuqori oʻrinlar uchun kurashga qaytarishni maqsad qilgan.
Hozircha nomzodlar nomi sir tutilmoqda, ammo yaqin vaqt ichida muzokaralar tezlashishi va yakuniy qaror qabul qilinishi kutilyapti.
“Borussiya Mönxengladbax” ushbu mavsumda kutilgan natijalarni qayd eta olmagani sababli murabbiylar masalasi klub uchun asosiy mavzulardan biriga aylangan.

Fikrlar