
Yaponiya Olimpiyachi sportchilarni vaktsinatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olmoqda
Yaponiya hukumati keyingi yilga ko‘chirilgan Tokio Olimpiadasida ishtirok etadigan sportchilarni vaktsinatsiya qilish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan XOQga maktub yo‘lladi.
Yaponiya XOQning rivojlanayotgan mamlakatlarning sportchi va rasmiy shaxslari uchun vaktsina taqdim etishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlaydi. XOQ prezidenti Tomas Bax 16 noyabr kuni bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari munosabati bilan musobaqa ishtirokchilarining iloji boricha ko‘pchiligi vaktsinatsiya qilinishi istagini bildirgan edi.
Tomas Bax XOQ O‘yinlarda ishtirok etadigan sportchilar va rasmiy shaxslarni vaktsinatsiya qilish xarajatlarini qoplash masalasini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilgan edi.
Yaponiya hukumati va Tokio-2020 Tashkiliy qo‘mitasi ilgari Olimpiadada ishtirok etishning sharti sifatida vaktsinatsiya qilinishni talab etimaslikni bildirgan edilar. Biroq o‘tgan chorshanba kuni “Vaktsina paydo bo‘lishi holatida qanday ish ko‘rish” masalasini muhokama qilishni boshlashlarini bayon etdilar.
Fikrlar