Yaponiya va Meksikaning sobiq ustozi La Liga klubida ish boshladi

  • 04.11.2019 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksikalik mutaxassis Xaver Agirre Ispaniyaning "Leganes" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 60 yoshli murabbiy ispan klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Leganes" Maurisio Pellegrinoni iste’foga chiqargan edi.

Ma’lumot uchun, Agirre bungacha "Atletiko", "Saragosa", "Espanol" kabi La Liga klublarini boshqargan. Bundan tashqari u Meksika, Yaponiya va Misr terma jamoalarida ham faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!