
Yaxshiboev supergol bilan nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi (video)
Qozog‘iston Premer-ligasi 2024 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qildi.
Mavsumni chempion jamoa – “Ordabasi”da o‘tkazgan Jasurbek Yaxshiboev ham individual sovringa ega bo‘ldi. Qozog‘iston Premer-ligasi o‘zining rasmiy telegramm kanalida so‘rovnoma o‘tkazib, mavsumning eng chiroyli golini aniqladi.
So‘rovnomaning yakuniy final bosqichiga ikki futbolchi – “Aktobe” vakili Dorni Romeroning “Jenis” va “Ordabasi” to‘purari Jasurbek Yaxshiboevning 21-turda “Astana” darvozasiga urgan goli etib keldi.
Hal qiluvchi tanlovda Jasurbek 82 foiz ovoz bilan Dorni Romeroni (18) ortda qoldirdi.
Jasurbek Yaxshiboev ijrosidagi mavsumning eng zo‘r golini quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=_ij-OlEHCPk
Jasurbek Yaxshiboev mavsum davomida chempionat to‘purarlar poygasida ishtirok etdi. Chimkentliklar sharafini himoya qilgan legionerimiz Premer-liganing 17 ta o‘yinida ishtirok etib, raqiblar darvozasini 9 marotaba ishg‘ol qildi.
Biroq, chempionatning oxirgi qismiga kelib, Jasurbek hakamni turtib yuborgani uchun Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va so‘nggi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Shu bois, 27 yoshli futbolchimiz to‘purarlar poygasidan erta chiqib ketdi.
Chimkentliklar safida yana bir legionerimiz – Shahboz Umarov ham o‘ynadi. 25 yoshli hujumkor futbolchi 2023 yilgi chempionlik mavsumidan keyin ham “Ordabasi”da qolgan edi. Umarov chempionatda 21 ta uchrashuvda qatnashib, bir juft gol ham urdi.
“Ordabasi” esa, mavsumni to‘rtinchi pog‘onada yakunlab, sovrinlar safidan chetda qolib ketdi va chempionlik unvonini “Qayrat”ga boy berdi.
Garchi Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov chempionat medallaridan quruq qolgan bo‘lsa-da, bu gal chempionlik boshqa legionerimiz – Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga nasib qildi.
Ibrohimxalil aslida Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasiga tegishli va “Qayrat” safida ijarada to‘p tepdi.
23 yoshli qanot himoyachisi qozoq klubida barcha turnirlarda jami 23 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari ikkita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Shu tariqa, jamoasining chempionligiga munosib hissa qo‘shdi.
Qozog‘iston Premer-ligasida to‘p tepgan to‘rtinchi futbolchimiz Shohnazar Norbekov bo‘ldi. 30 yoshli markaziy hujumchi chempionatda “Qaysar” safida 23 ta uchrashuvda harakat qildi, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘oli qilib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.
Gvardiolaning Husanovga munosabati haqida yozishdi
Mashhur murabbiy Husanovni o‘z jamoasida kutyapti...
Fayzullaev qanday qizga uylanishini aytdi
Fikrlar