Yaxshiboevga yaxshi yangilik

  • 20 may, 2020, 12:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik legionerlar Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov o‘ynayotgan Belarus chempionati koronavirus tufayli to‘xtatilishi mumkinligi haqida gap tarqaldi. 

Tecno

Belarus futbol federatsiyasi prezidenti Vladimir Bazanov jamoalarda koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangani bilan milliy chempionat to‘xtatilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda sport24.ru sayti xabar bermoqda.

- Futbol o‘ynashni rejalashtiryapmiz. Agar epidemiologik vaziyat me’yorida bo‘lsa, o‘ynaymiz. Sog‘liqni saqlash va Sport vazirliklari bilan doimiy aloqadamiz. Har tur oldidan vaziyatni monitoring qilyapmiz. “Minsk” masalasiga kelsak u erda aniqlik kiritadigan masalalar bo‘lgani uchun ularning 10-tur uchrashuvidagi o‘yini ko‘chirildi. Mavsum oldidan vaziyatni bilardik. Klublarga tavsiyalar berilgan, - dedi Bazanov.

Belarus chempionatida jamoalar 9 ta tur uchrashuvlarini o‘tkazdi. “Energetik-BGU” safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda va chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. "Energetik-BGU" navbatdagi uchrashuvni 23 may kuni safarda "Isloch"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!