Yo‘q, “Arsenal”ga o‘tmayman!
Ketma-ket ikki yil davomida Ispaniya chempionligiga sazovor bo‘lgan “Barselona” hujumkor futbolchisi Dani Olmo “Arsenal”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- “Arsenal”ga o‘tamanmi? Yo‘q. “Barselona” muxlislari xotirjam bo‘lishlari mumkin. Men tomonimdan aytadigan boshqa gap yo‘q, - dedi Olmo.
28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionligini himoya qilishda jamoasiga katta hissa qo‘shib, La Ligada 7 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Daniel Olmo aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq ilgari asosiy jamoa talabiga javob bermagani bois, Xorvatiya va Germaniya jamoalarida tajriba oshirgan.
2024 yilning yozida Kataloniyaga qaytgan futbolchi bugungi kunda Hans-Diter Flik jamoasida yetakchi o‘yinchilardan biriga aylangan.

Fikrlar