Yosh chavandozlarimizning muvaffaqiyati

TIGGO 2 PRO
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sporti klubida uch kun davom etgan “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogi yakuniga etdi.
 
Yirik xalqaro musobaqada sayyoramizning besh qit’asidagi 12 davlatdan yig‘ilgan eng iqtidorli chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqa nufuzi ham juda yuqori, uni bemalol jahon chempionati bilan qiyoslash mumkin. Negaki “Allyur” ot sporti klubida kechgan qiziqarli bellashuvlarda oddiy sportchilar emas, balki o‘z mintaqasida nom qozongan, qaysiki saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan eng iqtidorli chavandozlar ishtirok etdi.
 
2eabf09b-1154-46dc-9068-21bc94b650b7b55e883d-642d-4eb1-9da8-96c31cc0760d
 
Musobaqaning so‘nggi kunida ishtirokchilar balandligi 1 metru 10 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan sakrash bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Shunisi e’tiborliki, ilk urinishda biryo‘la 10 (!) nafar yosh chavandoz deyarli bir xil natijani qayd etdi va g‘olibni aniqlash uchun yana qayta sakrashiga to‘g‘ri keldi. Ana shu 10ta omadli chavandoz safidan o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi o‘rin olishgani ham tahsinga loyiq.
 
Ikkinchi urinishda hamyurtimiz Li Sofiya eng past natija ko‘rsatgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Abdurahmon Abdullaev 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Zokir To‘rajonov o‘zining Charlz Teron laqabli otida belgilangan masofani atigi 35 soniyada va bexato bosib o‘tdi. Bu natija uni musobaqa peshqadamiga aylantirgandi.
 
Ammo Zokirning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, oradan ko‘p o‘tmay yana bir vakilimiz Miryoqub Ismoilov Ledi laqabli oti bilan undanda yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Ko‘pchilik “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasining oltin va kumush medallari mezbonlarga nasib etishini taxmin qilib turgan bir pallada ikkinchi bosqichning so‘nggi vakili rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli tulporida ajoyib chiqishi bilan Miryoqubdan atigi 0,01 soniyaga ortda qolgan holda yakunda ikkala o‘zbekistonlik chavandoz orasidan joy oldi.
 
Shu tariqa “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasida hamyurtlarimiz oltin hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Darya Kukushkina esa o‘zining dastlabki xalqaro musobaqasida ajoyib natija qayd etdi. U dastlabki kungi musobaqalarda oltin, shanba kuni esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Kecha esa uning medallar qollektsiyasi kumush bilan boyidi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!