Yosh shaxmatchilarimiz Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

  • 14 oktabr, 12:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, joriy yilning 3–16 oktyabr kunlari Albaniya davlatining Durres shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Tecno

Mazkur nufuzli musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) qoidalari asosida, 83 ta davlatdan 720 nafar shaxmatchi ishtirokida 11 turdan iborat shveytsarcha tizimda tashkil etilgan. Musobaqa doirasida blits yo‘nalishidagi bahslar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

9-turdan keyingi natijalar:

— Afruza Hamdamova — 7 ochko, 2-o‘rin
— Guldona Karimova — 6,5 ochko, 5-o‘rin
— Vasila Abdujabborova — 5 ochko, 28-o‘rin
— Zilola Aktamova — 5 ochko, 33-o‘rin
— Qilichbek Naziraliev — 3,5 ochko, 91-o‘rin

16 yoshgacha bo‘lganlar:

— Nilufarkhon Imomquzieva — 6 ochko, 13-o‘rin
— Liliya Belaya — 5 ochko, 32-o‘rin
— Asrorjon Omonov — 6,5 ochko, 10-o‘rin
— Sa’dullo Azizov — 5,5 ochko, 29-o‘rin
— Akbarali Abduhakimov — 5 ochko, 60-o‘rin
— Xondamir Elmirzaev — 4,5 ochko, 69-o‘rin
— MuhammadYusuf Muxsinov — 4,5 ochko, 72-o‘rin

14 yoshgacha bo‘lganlar:

— Ruqiya Olimova — 7 ochko, 5-o‘rin
— Dilnoza Nurullaeva — 5,5 ochko, 20-o‘rin
— Sevinch Davlatova — 4,5 ochko, 53-o‘rin
— Abdulqodir Bahodirov — 5,5 ochko, 35-o‘rin
— Shaxzod Islomov — 6 ochko, 25-o‘rin
— Saidxo‘ja Vaxidov — 2,5 ochko, 136-o‘rin

10-tur uchrashuvlari 14 oktyabr kuni soat 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!