
Yosh tennischilarimizning muvaffaqiyatlari
Tennischilarimiz Germaniya Rossiya va Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirni muvaffaqiyatli boshladi.
Germaniyada o‘tayotgan "F1 Futures M25" musobaqasining 1/16 final bosqichida Sanjar Fayziev mezbonlar vakili Daniel Mazurni 0:6, 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Rossiyada turnirning ilk bosqichida o‘tgan o‘zbek derbisida Sergey Fomin yosh tennischimiz Saida’lo Saidkarimovni 6:3 6:0 hisobida enggan bo‘lsa, Jo‘rabek Karimov mezbonlar vakili Danil Spasiboni 7:6, 6:0 hisobida taslim qildi.
O‘smirlar o‘rtasida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan turnirning ikkinchi davrasida Bekzod Rasamato, Aziz Dadabaev, David Bagrinovskiy, Aziz Niyozov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar