
Yovanovich faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin
Frantsiyaning “Bordo” klubi “Zenit” himoyachisi Vukashin Yovanovichni yana bir mavsum o‘zida saqlab qolishni istamoqda. Bu haqda L'Equipe nashri ma’lum qildi.
Biroq, frantsuz klubining taklifi piterliklarni umuman qoniqtirmayapti. Hozircha bu boradagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli Yovanovichning o‘zi “Bordo”da qolishni xohlamoqda.
Fikrlar