Yulduz hujumchi "Chelsi"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Endi...

  • 11 iyul, 2022, 13:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling "Chelsi"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 27 yoshli angliyalik futbolchi London klubida tibbiy ko‘rikning asosiy qismidan o‘tib bo‘lgan. Endi Sterling "Chelsi" bilan 2027 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolaydi. Aytish kerakki, ushbu kelishuv tomonlarning rozilishi bilan yana bir mavsumga uzaytirilishi ham mumkin.

Klublar o‘rtasidagi transfer summasi ham kelishib olingan. Bitim yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, “Chelsi” futbolchi uchun “Siti”ga 47,5 million funt va unga qo‘shimcha ravishda yana 2,5 million funt bonus sifatida to‘lashi ma’lum bo‘lgan edi. O‘z navbatida Sterling “aristokratlar”ning eng ko‘p maosh oluvchi azosiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!