Yurgen Klopp: Jiddiy aytyapsizmi?!

  • 6 aprel, 2022, 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistning "Borussiya" hujumchisi Erling Xolandni jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi savoliga keskin javob qaytardi.

"Jiddiy aytyapsizmi?! Biz bunga urinib ham ko‘rmaymiz. Uning transferi haqida aqldan ozdiradigan summalar haqida gapirishyapti, bizning bunga hech qanday aloqamiz ham, imkoniyatimiz ham yo‘q!

Rostini aytsam, men bunga hech qanday aloqam bo‘lishini xohlamayman. Bu menga umuman qiziq emas”, - dedi nemis mutaxassisi SportBild nashriga bergan intervyusida.

Oldinroq Xolandning transferi potentsial xaridorga taxminan 300 million evrodan ko‘proqqa tushishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu summaga “Borussiya”ning transfer ulushi, futbolchining agenti va otasiga komissiyalar hamda uning besh yillik maoshi kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!