Yurgen Klopp Muxammad Saloh bilan ishlagan davrini esladi
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Muxammad Saloh bilan ishlagan davri haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Kloppning ta’kidlashicha, har bir insonning shakllanishida uning o‘tmishi, tarbiyasi va qaerda o‘sgani katta ta’sir qiladi.
"Muxammad avvaldanoq boshqalarga nisbatan ko‘proq mehnat qilish kerakligini bilgan. U doim rivojlanardi, hech qachon to‘xtab qolmasdi. Bu – uning mentaliteti.
Har bir ta’tildan keyin u yangi mahorati bilan qaytardi. Go‘yo butun vaqt davomida faqat bitta turdagi uzatmalarni mashq qilgandek.
Biz bir-birimizni hech qachon to‘xtamaslikka undardik va chindan ham to‘xtamadik. Premer-ligadagi g‘alabadan keyin qo‘limizga kubok ko‘targan lahza — bu biz uchun umrbod yaqinlik hissini bergan on edi. Uni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida eslashadi.
Men u bilan ishlash oson deb ham, qiyin deb ham aytmayman. Saloh bilan muammo faqat ikkita holatda yuzaga keladi: agar u o‘ynamasa yoki uni almashtirishsa", — dedi Klopp.



Fikrlar