Yurgen Kloppga Saudiyaning grand klubi ish taklif qilmoqchi
Saudiya Arabistoni klubi "Al-Ittihod" 58 yoshli mutaxassis Yurgen Kloppni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda, deb xabar berdi "Arriyadiyah".
"Al-Ittihod" yaqinda "An-Nasr"ga (0:2) mag‘lubiyatdan so‘ng Loran Blan bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Jamoa 4 turdan so‘ng 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Murabbiylikka yana Xavi, Unay Emeri, Luchano Spalletti va Serjiu Konseysau nomzodlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Yurgen Klopp esa 2024 yildan buyon ishlamaydi — u "Liverpul" bosh murabbiyligini tark etgan edi.



Fikrlar