
"Yuve" hujumchisini sotmoqchi, unga PSJ da’vogar bo‘lmoqda
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain yozda klubni tark etishi mumkin. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi PSJ qiziqishlari doirasiga kirgan, o‘z navbatida argentinalik futbolchi ushbu transferga qarshi emas.
Iguainning "keksa sinora" bilan shartnomasi 2021-yil yozigacha amal qiladi. Uning transfer summasi 19 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar