
"Yuve" krizis tufayli yarim himoyachisini transferga qo‘ydi
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi katta ehtimol bilan mavsum yakunlanganidan so‘ng, jamoani tark etadi.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi koronavirus pandemiyasi sababli, yuzaga kelgan krizisni oldini olish maqsadida uelslik futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgan.
Bunga asosiy sabab sifatida Remzining haftasiga 400 ming funtlik maoshi ko‘rsatilmoqda.
"Yuve" Premer liganing ikkita top klubiga bu haqda xabar bergan. Bu jamoalardan biri yarim himoyachiga qiziqish bildirgan "Manchester Yunayted" klubidir, ammo hozirgi paytda MYu ham futbolchining maoshini to‘lab berishga qodir emas.
Eslatib o‘tamiz, Remzi 2019 yilning yozida erkin agent sifatida "Yuventus" safini to‘ldirgandi.
Fikrlar