
"Yuventus" 19 yoshli hujumchini sotib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Red Bull Zaltsburg" forvardi Erling Xolandni o‘z safida ko‘rmoqchi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” allaqachon 19 yoshli norvegiyalik futbolchining transferi bo‘yicha aniq taklif bildirgan. Aniqrog‘i, turinliklar Xollandning agenti Mino Rayola bilan bohlanishgan va buning uchun 3 mln evro hamda qo‘shimcha bonuslar taklif qilishgan.
Ma’lumot uchun, Xoland bu mavsum "Red Bull Zaltsburg" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 28 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar