
"Yuventus" bilan shartnomani uzaytirmagan futbolchi APL klubiga o‘tmoqda
Kecha Frantsiyalik yarimhimoyachi Adrien Rabo "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmasligini e’lon qildi. O‘yinchi APLning "Manchester Yunayted" klubida o‘ynash maqsadi borligini agentiga aytgani tarqalmoqda. Hozirgi kunda "Manchester Yunayted" bir nechta yulduz futbolchilarni transfer qildi. "Qizil iblislar" har bir pozitsiyasini kuchaytirdi va davom etmoqda. "Boloniya" klubidan Zirkze, "Lill"dan Leni Yoro transferi amalga oshirildi. Qo‘shimchasiga PSJ klubi a’zosi niderlandiyalik Xavi Simonsga ham juda katta qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rabo "Yuventus" klubida safida umumiy barcha turnirlarda 212 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 15 ta assistni amalga oshirgan.
Fikrlar