"Yuventus"-"Borussiya Dortmund" uchrashuvi EChL tarixiga kirdi
Turinning "Yuventus" va Dortmundning "Borussiya" klublari Chempionlar Ligasi-2025/2026 mavsumi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda durang o‘ynadi. Uchrashuv 4:4 hisobida yakunlandi, barcha gollar o‘yinning ikkinchi yarmida kiritildi. Opta Sports xabariga ko‘ra, bu turnir tarixidagi eng sermahsul ikkinchi bo‘lim bo‘ldi.
Turin klubi safida Kenan Yildiz, Dushan Vlaxovich (dubl) va Lloyd Kelli gol muallifiga aylandi. Dortmundliklar safida Karim Adeyemi, Feliks Nmecha, Yan Kouto va Rami Bensebaini o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
O‘tgan mavsumda Italiya grandi musobaqaning 1/8 bosqichiga chiqdi va u erda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra PSVga yutqazdi (3:4). "Asalarilar" 1/4 final bosqichida turnirni tark etishdi va u erda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Barselona"ga 3:5 hisobida yutqazishdi.



Fikrlar