
"Yuventus" Iguainga yangi shartnoma taklif qildi
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain yaqin fursat ichida jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. Uning "byakonerilar" bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilda nihoyasiga etadi. Ammo "keksa sinora" shartnomani yana bir yilga uzaytirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, argentinalik forvard joriy yilgi mavsum A Seriyada 23 bahsda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar