"Yuventus" Jahon chempioni uchun harakatni boshladi
Argentina terma jamoasi va "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines hamon "Yuventus"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar allaqachon amaliy qadamlarni boshlagan. Yaqinda klub vakillari darvozabon agenti bilan uchrashuv o‘tkazib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.
Manba ta’kidlashicha, Martines joriy yozda "Aston Villa"ni tark etish niyatida. Biroq uning yuqori maoshi "Yuventus" uchun asosiy muammolardan biri bo‘lishi mumkin.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, 33 yoshli posbonning transfer qiymati 15 million yevroga teng.
O‘tgan mavsumda Emiliano Martines "Aston Villa" safida barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 49 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar