
"Yuventus" "Manchester Siti" himoyachisiga 3,5 mln evro maosh taklif qilmoqda
Turinning “Yuventus” klubi “Manchester Siti” himoyachisi Danilo bilan muzokaralar olib bormoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha “keksa sinora” 28 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 2023 yilgacha shartnoma va yiliga 3,5 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuve” va “Siti” Daniloni portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluning transferiga qo‘shishlari mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Danilo o‘tgan mavsum APLda jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar