
"Yuventus" qay tarzda "Jenoa"dan ustun keldi (video)
Kecha oqshom Italiyada mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Turinning “Yuventus” klubi 1/8 final doirasida o‘z maydonida “Jenoa”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida Paulo Dibala uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. 76-daqiqada esa zahiradan maydonga tushgan Gonsalo Iguain mehmonlar darvozasiga ikkinchi golni kiritishdi va bu gol o‘yindagi so‘nggisi edi.
Shu tariqa, Massimiliano Allegri shogirdlari Italiya kubogining chorak finaliga yo‘l olishdi. Bu bosqichda ularga hamshaharlari – “Torino” jamoasi raqiblik qiladi.
Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar