
“Yuventus” va “Liverpul” bir futbolchini talashmoqda
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi xavbeki Maxmud Doudga birdan evropaning ikki grand jamoasi qiziqish bildirmoqda. Talksport nashrining xabar berishicha, 20 yoshli futbolchiga “Yuventus” hamda “Liverpul” klublari haridor bo‘lishmoqda.
Aytish keraki, Yurgen Klopp ko‘pdan buyon Doudni kuzatib yurgan va yozda uni jamoasiga olib kelmoqchi bo‘lgan. Biroq, negadr transfer amalga oshmay qolgan. E’tiborlisi, Turin super klubi ham yanvarda ushbu futbolchi borasida “Borussiya M”ga rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Daud ushbu mavsumda Bundesligada 7ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamd a1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar