"Yuventus"ning asosiy hujumchisi jarohat oldi

  • 4 iyun, 2020, 19:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Gonsalo Iguain mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchi o‘ng oyoq son mushaklarini shikastlab olgan. Ammo, o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar jarohat jiddiy emasligini ko‘rsatgan. Lekin, hozircha uning qachon safga qaytishi ma’lum qilinmayapti.

“Yuventus” karantindan keyingi ilk uchrashuvini 22 iyun kuni “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!