
Zanolo A Seriyaga qaytmoqda
Transfer huquqi "Galatasaroy"ga tegishli bo‘lgan Nikolo Zanolo A Seriyaga qaytmoqda.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, futbolchini "Atalanta" sotib olish bandi bilan ijaraga olmoqda. Hujumkor yarim himoyachining xaridi bergamoliklarga 14.5 million evroga tushishi mumkin. Ijara uchun esa klub 6 million evro to‘laydi.
Zanolo yakuniga etgan mavsumni "Aston Villa"da o‘tkazdi. Nikolo jamoaning muhim a’zolaridan biriga aylana olmadi va birmingemliklar uning transfer huquqini sotib olishni istamadi.
Zanolo uchun A Seriya begona emas. U aynan ushbu chempionatda futbolchilik faoliyatini boshlagan. Dastlab, "Jenoa" va "Fiorentina" akademiyalarida tahsil olgan bo‘lib, "Inter"da debyut qilgan. Shundan keyin uni "Roma" sotib olgandi. 2023 yilning qishki transferlar oynasida 25 yoshli xavbek Turkiyaga yo‘l olgan.
Fikrlar