
Zidan Mbappe bilan bog‘landi. Zinedin unga nima degan?
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer vaqtida "Real"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
"El Confidencial"ning xabariga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu transfer borasida allaqachon futbolchining o‘zi bilan bog‘langan. Frantsiyalik mutaxassis hujumchiga u birinchi raqamli tanlovi ekanligini aytgan. Qolaversa, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ham bu transferga qarshi emas.
Avvalroq, agar Mbappe transferi amalga oshmasa, "qaymoqranglilar" "Inter" hujumchisi Romelu Lukakuni xarid qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar