
Zidan tanqidlarni tan olmadi
“Real” futbolchilari Ispaniya chempionatning navbatdagi turida “Vilyarreal” bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi. Bu chempion jamoa qattiq tanqid ostiga olinishiga sabab bo‘lyapti.
- Mening maqsadlari xuddi avvalgidek va ular o‘zgarmaydi. Xavotir olmanglar. Hammamiz o‘z ishimizni davom ettirishimiz kerak. Durang bizni xursand qilmaydi. G‘alabaga loyiq o‘ynadik, ammo ikki ochko yo‘qotdik, - dedi Zidan.
Endi “Real” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Inter”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar