“Barselona”da qadri qolmagan Grizmannga yangi jamoa topildi

  • 21 noyabr, 2020, 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Barselona”dan Antuan Grizmanni sotib olishni rejalashtirmoqda.

29 yoshli frantsiyalik hujumchi Kataloniya klubida o‘z o‘rnini topa olmayapti. Uning jamoaga kelgani Lionel Messiga ma’qul kelmagan va bu Antuanga yomon ta’sir qilmoqda. Qolaversa, klub prezidentligiga asosiy nomzodlardan bo‘lgan Viktor Font Grizmann uchun 100 million evrodan ortiq mablag‘ sarflash noto‘g‘ri bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, Grizmann kataloniyaliklardan yiliga 21 million evrodan ziyodroq maosh oladi. Shunday bo‘lsa-da, frantsiyalik hujumchi bu xarajatlarga loyiq emasligi aytilmoqda.

Grizmann atrofida yuzaga kelgan noxush holatdan foydalanib qolishga harakat qilayotgan manchesterliklar frantsiyalik hujumchiga yangi imkon berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!