
Zlatan Ibrohimovich o‘ziga jamoa tanladi
“Milan” tarkibida Italiya chempionaligini qo‘lga kiritgan 40 yoshli hujumchm Zlatan Ibrohimovich hali faoliyatini to‘xtatmoqchi emas.
Sport.es nashrining xabar berishicha, shvetsiyalik futbolchi yana “Milan”da o‘ynashni istayapti. Zlatan yangi shartnoma tuzish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor.
Ibrohimovich bungacha har mavsum uchun 7 million evro olayotgan edi. Agar klub uni olib qoladigan bo‘lsa, bu summa ikki million evroni tashkil qiladi. Futbolchining o‘zi bu maoshga rozi ekani aytilmoqda.
Tajribali hujumchi chempionlik mavsumida 23 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar