
Zo‘r darvozabon Anchelotti tufayli “Real”dan ketadi
Yakunlangan mavsumda “Real”ning asosiy darvozaboni darajasiga ko‘tarilib olgan Andrey Lunin Madrid klubini tark etishi kutilmoqda.
Taniqli jurnalist Migel Anxel Diasning ma’lum qilishicha, ukrainalik golkiper hali “Qirollik klubi”ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilgani yo‘q.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli darvozabonning jamoada qolish ishtiyoqi pastligiga bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan o‘rtadagi munosabat sovuq ekani sabab bo‘lmoqda.
Italiyalik mutaxassis Tibo Kurtuani Lunindan ustun ko‘rayotganini Evropa Chempionlar ligasi finalida ko‘rsatdi.
“Real” bilan bir yillik shartnomasi qolgan Luninga bir necha grand klublar, xususan, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jiddiy qiziqish bildiryapti.
Fikrlar