25 mart kuni Nyu Yorkda Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv o‘tkaziladi

  • 24 mart, 2018, 01:18
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Joriy yilning 25 mart kuni Nyu York shahridagi "Emir Palace" restoranida engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Tecno

Shohjahon Sports.uz internet portaliga mazkur tadbir haqidagi fikrlarini gapirib o‘tdi.

“AQShda o‘z Vatandoshlarim va muxlislarim bilan uchrashishdan xursandman. O‘ylaymanki, ushbu uchrashuv men uchun ham, ular uchun ham maroqli bo‘ladi. Mazkur tadbir tashkilotchilariga o‘zim va jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Darvoqe barcha yurtdoshlarimni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Yakshanba kuniga qadar ko‘rishguncha aziz muxlislarim!

Mazkur tadbir soat Nyu York vaqti bilan 11:00da boshlanadi. Tadbirda mehmonlarga sumalak taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon o‘zining navbatdagi jangini 28 aprel kun Nyu Yorkda xitoylik Jiming Vangga qarshi o‘tkazadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!